Qo'llab-quvvatlash

Biz aloqadamiz

Nimadir ishlamayaptimi, akkaunt bo'yicha savol yoki Conflux uchun g'oyangiz bormi — yozing, jonli odam javob beradi.

Biz bilan bog'laning

Texnik savollar uchun eng tezi — elektron pochta: log va skrinshotlarni biriktirish mumkin.

Javob vaqti

Du–Ju, 9:00–18:00 (UTC+5, Toshkent). Bir ish kuni ichida javob beramiz; shoshilinch uzilishlarni tezroq ko'rib chiqamiz.

Yozishdan oldin

Bu ma'lumotlar ikki kunlik yozishmani bitta javobga aylantiradi.

  • Conflux versiyasi (Help → About yoki conflux version) va operatsion tizimingiz.
  • Nima qilgansiz, nimani kutgansiz va aslida nima bo'ldi.
  • Xatoning aniq matni yoki uning skrinshoti.
  • API kalitlar, tokenlar va parollarni yubormang — avval ularni yashiring.
support@uzdevid.com

Ko'p so'raladigan savollar

Desktop ilovaga kira olmayapman.

Chiqib, yuqori paneldan qayta kiring — brauzerda UzDevid akkauntingiz ochiladi. Agar brauzer Confluxga qaytmasa, tokenni olib tashlab, xato sahifasining manzilini yuboring.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Nashr qilinmaguncha qurilmangizda lokal saqlanadi. Nashr qilingan to'plam va so'rovlar Conflux serverlarida; vault'dagi sirlar hech qachon ochiq holda qurilmadan chiqmaydi.

Ilova ishdan chiqqanini qanday xabar qilaman?

Keyingi ishga tushirishda ilova nosozlik hisobotini yuborishni taklif qiladi — roziligingizni bering va hodisa vaqtini yozing, hisobotni topamiz.

Confluxni o'z serverlarimizda ishlatsa bo'ladimi?

Ha. Self-hosted o'rnatish bo'yicha tashkilotlar sahifasiga qarang yoki bizga yozing — yordam beramiz.